Messi "Sevilya"ga qarshi o'yin haqida: "0:2dan qaytish qiyin bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 12:24
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Sevilya"ga qarshi bo'ladigan Ispaniya Kubogi chorak finalining javob o'yini haqida fikr bildirdi.

Birinchi o'yinda Kataloniya klubi 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

"0:2dan qaytish qiyin bo'ladi, chunki raqibimiz "Sevilya". Bizga muxlislarimizning yordami kerak. Raqib jamoa safida kuchli futbolchilar bor va ular qarshi hujumlarda juda yaxshi harakat qilishadi" - deydi Messi.

"Barselona" hamda "Sevilya" o'rtasidagi Ispaniya Kubogi chorak finalining javob uchrashuvi 30 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca