Messi: “Saudiya Arabistoniga qarshi bahsdan keyin o'g'lim ko'zida yosh bilan stadionni tark etgandi”

Eldor Akmurzayev
28 noya 2022, 09:55
Argentina TJ sardori Lionel Messi JCH-2022 dastlabki turida Saudiya Arabistoniga (1:2) uchralgan mag'lubiyat oilasiga qanday ta’sir qilganini aytdi.

“O'g'lim Mateo birinchi o'yindan keyin stadionni ko'zida yosh bilan tark etdi. Tyago esa keyingi ikki bahsni yutish kerakligini aytdi. Oilam barcha argentinaliklar kabi xafa bo'ldi. Hozir esa xursandmiz, chunki pley-off masalasini hal qilish o'z qo'limizda. G'alabadan keyin Argentina bir necha kun tin oladi”, deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, argentinaliklar 2-turda Meksikani 2:0 hisobida engdi. Messi ushbu bahsda esa gol+assistga erishdi. Jamoa guruhdagi so'nggi tur uchrashuvini 30 noyabr kuni (23:59) Polshaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mirror.co.uk