Messi Ronaldu va Raulning rekordini takrorladi

24 okt 2019, 07:24
“Barselona” YCHL 3-turi doirasida safarda “Slaviya” klubini 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda Kataloniya klubining ilk goliga Leo Messi mualliflik qildi. “Slaviya” - Messi uchun evrokuboklar doirasida gol urgan 33-klub sifatida tarixga kirdi.

Natijada Leo Krishtianu Ronaldu va Raul qayd etgan rekordni takrorladi. Ikkala futbolchi ham avvalroq turli 33 xil klub darvozasini ishg'ol qilishga ulgurgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenot Live