Messi: “Ronaldu "Real"daligida "El-Klasiko"lar o'zgacha o'tardi”

Eldor Akmurzayev
19 okt 2019, 00:35
Barselona sardori Lionel Messi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning Realdan ketishi El-Klasikoning darajasi pasayishiga sabab bo'lgani haqida aytdi.

“Ronaldu Ispaniya chempionatida harakat qilgan vaqtlar zo'r edi. Uning ishtiroki nafaqat El-Klasikoni, balki, Primeroni ham yaxshigina bezatardi. Krishtianu sabab raqobat ham o'sib borardi”, – deydi kataloniyaliklar a'zosi.

Avvalroq, 26 oktyabrda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan joriy mavsumdagi ilk El-Klasikoning boshqa muddatga qoldirilgani haqida aytilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Radio Metro