Messi o'zining afg'onistonlik muxlisi bilan uchrashishga tayyor

Aslanov Jasurbek
1 fev 2016, 14:45
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Afg'onistonda yashovchi 5 yoshli bolakay Murtazo Ahmadi bilan uchrashishga tayyor.

Oldinroq Internetda Ahmadining plastik paketdan futbolka yasab, unga Messi deb yozib olgan surati paydo bo'lgan edi. Argentina terma jamoasi bolakay bilan uchrashishga rozi.

"Afg'oniston futbol federatsiyasi uchrashuv borasida Messi va "Barselona"dan uchrashuv borasida xabar oldi" - deydi federatsiya matbuot-kotibi Sayid Ali Kozimi.

Futbolchining otasi Xorxe Messi ham bolakay suratlarini ko'rganini va unga qandaydir yo'l bilan yordam bermoqchiligini aytdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: EFE