Messi o'yindan so'ng "Elche" darvozaboni libosini so'radi

Alisher
25 fev 2021, 11:48
"Barselona" kecha La Liga 1-tur doirasidagi ko'chirilgan o'yinda "Elche" bilan o'ynadi.

"Ko'k-anorranglilar" bu o'yinda 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Mezbonlar safida aqlbovar qilmas o'yin namoyish etgan Lionel Messi dubl qayd etdi.

O'yindan so'ng 33 yoshli argentinalik "Elche" darvozaboni Edgar Badiyaning oldiga keldi va liboslarni almashishdi. Qayd etish kerakki, libos almashish tashabbusi Messidan chiqqan.

Ushbu gollar esa Leoga La Liga turnir jadvalida 18ta gol bilan birinchi o'ringa chiqib olishiga yordam berdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ESPNFC