Messi muolaja qilindi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2021
PSJ hujumchisi Lionel Messi yakshanba kuni "Lion"ga qarshi o'yinda ehtiyot chorasi sifatida almashtirildi.

Dushanba kuni ertalab Messi oqsoqlanib qoldi. Xabar berilishicha, Messi muolaja qilindi. Seshanba kuni futbolchining ahvoli qayta tahlil qilindi. Argentinalik forvardning PSJ tarkibida navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'rishi uchun tibbiy xulosa chiqarilishi lozim.

Eslatib o'tamiz, PSJning navbatdagi o'yini 22 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Maurisio Pochettino shogirdlari "Metc"ga qarshi maydonga tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe