Messi mundial finalida ham “man of the match” sovrinini qo'lga kiritib, navbatdagi rekordni o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
19 dek 2022, 08:20
Qatardagi mundial finalida Argentina terma jamoasi dramtik kechgan bahsda Fransiyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, bosh sovrin egasiga aylandi.

Lionel Messi uchrashuvda dublga erishdi va futbol lotereyasida ham zarbada adashmadi. U finalning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi. 35 yoshli forvard guruh bosqichi, 1/8 final, 1/4 final, 1/2 final hamda hal qiluvchi bahslarda “man of the match” sovrinini qo'lga kiritgan o'yinchi sifatida mundial rekordini o'rnatdi.

Bundan tashqari, Messi mazkur individual nominaciyada 11-marotaba g'olib deb topildi va o'z rekordini yangilashga erishdi. Eng yaqin taqibchilari Krishtianu Ronalduda (Portugaliya) 7 ta, Aren Robbenda (Niderlandiya) esa 6 ta “man of the match” sovrinlari bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia