Messi muhim ko'rsatkich bo'yicha Yevropada yetakchilik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
5 okt 2022, 18:07
PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi yaratilgan imkoniyatlar bo'yicha Yevropaning top-5 ligasidagi barcha futbolchilar orasida 1-o'rinni egallab turibdi.

Manbaga ko'ra, hujumchi har bir uchrashuvda o'rtacha 5,25 ta xavfli vaziyat yaratadi. Bu statistika gol, golli uzatma, dribling va boshqalarni o'z ichiga oladi. Ikkinchi o'rinni PSJ forvardi Kilian Mbappe band etgan. "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand kuchli uchlikka yakun yasagan.

35 yoshli Messi joriy mavsum PSJ safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta