Messi kumirlari haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2025
Afsonaviy argentinalik o'zining kumirlari nomini aytdi.

"Oltin to'p"ning 8 karra sohibi Lionel Messining futboldagi kumiri ikki nafar. Bular – Pablo Aymar va Diego Maradona.

"Pablo Aymarning o'yinlari menga juda yoqardi. U "River"da o'ynaganida ajoyib jamoaga ega edi va ajralib turardi. Diego Maradona men uchun alohida ahamiyatga ega futbolchi – biz argentinaliklar uchun u birinchi raqamli, keyin Pabloni aytgan bo'lardim. Unga futbolchi sifatida havas qilardim, juda yaxshi ko'rardim", – dedi Messi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport