Messi kelasi mavsum PSJda qoladi

Alisher
19 mar 2022, 18:50
PSJ hujumchisi Lionel Messi klubdan ketishni rejalashtirmayapti.

U parijliklar rahbariyatiga kelasi mavsumni jamoada o'tkazmoqchi ekanligini xabar qilgan.

34 yoshli Messi "Barselona"dan 2021 yilning yozida shartnomasi yakunlanganidan so'ng ketgan edi. Forvard 10 avgustda PSJ bilan 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzolagan edi.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum 17ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: France Football