Messi JCHdagi g'alabani kimga bag'ishladi?

Sherzod Nurmatov
21 dek 2022, 11:25
Argentinaliklar Qatardagi mundialda g'olib chiqishdi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jamoasining Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022dagi g'alabasini barcha argentinalik muxlislar, shuningdek, Diego Maradonaga bag'ishlaganini aytdi.

"Kubok avvalgi Jahon chempionatlarida uni qo'lga kiritmagan har bir kishiga tegishli. Bu bizni osmondan qo'llab-quvvatlagan Diego Maradona va terma jamoani qo'llab-quvvatlagan, natijaga emas, balki hammasi rejadagidek kechmaganda ham, xohishimizni hurmat qilib, doimo bizdan e'tiborini ayamagan barchaga tegishli", – dedi Messi.

Argentina terma jamoasi JCH-2022 finalida Fransiya termasini mag'lub etdi (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:2). Messi mundialning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Avvalroq Messi PSJga qachon qaytishi ma'lum bo'lgan edi.

⭐️ Argentina TJ a'zolari joy olgan kortejni kuzatish uchun Buenos-Ayresda 4 mln.ga yaqin muxlis yig'ildi. Tiqilinch yuzaga kelgani tufayli futbolchilarni olib ketish uchun vertolyot chaqirildi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Brief