Messi jarima zarbalaridan nechta gol urganini bilasizmi?

30 okt 2019, 08:36
Leo kecha La Liga 11-turi doirasida “Valyadolid” darvozasini jarima zarbasidan ishg'ol qildi.

Bu Messi uchun faoliyatidagi jarima zarbasidan urilgan 50-gol bo'ldi. Leo “Barselona” safida 44 bora, Argentina termasida esa 6 marta jarima zarbasidan gol urgan.

Qayd etish kerak, Messi “Valyadolid”ga qarshi bahsda 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta