Messi Inestani ortda qoldirdi

Aslanov Jasurbek
9 mar 2019, 23:13
Argentinalik hujumchi Lionel Messi LaLiganing “Rayo Valekano” klubiga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.

Mazkur bahs 31 yoshli futbolchi uchun Ispaniya chempionati doirasidagi 443 o'yini bo'ldi va u bu borada “Barselona”ning sobiq futbolchisi Andres Inestani (442 o'yin) ortda qoldirdi. Messidan oldinda esa “ko'kanorranglilar” safida eng ko'p uchrashuvda maydonga tushgan ispaniyalik Xavi joy olgan. Uning hisobida 505ta uchrashuv mavjud. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: LaLiga