Messi haqida chizilgan surat 6 yil o'tib haqiqatga aylandi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2019, 14:01
Ko'pchilik tushidan ko'rgan voqealar hayotida amalga oshganini guvohi bo'lgan.

Ammo chizilgan surat jonlanganini eshitmagan bo'lsangiz kerak.

Olti yil oldin bangladeshlik talaba Suas Nayyan Lionel Messiga atab surat chizdi. Unda argentinalikni yashil-oq libosdagi ko'plab futbolchilar to'xtatishga urinayotgani aks etgan. 2013 yil ushbu surat Plaantik nomli sahifada e'lon qilindi.

Ushbu voqea 2019 yilning 17 martida, "Betis" - "Barselona" uchrashuvida sodir bo'ldi. Messini raqiblar taqib qilmoqda, futbolkasida tortishmoqda, Messi esa boshini egib qochayapti. Argentinalik o'sha uchrashuvdan oldin soqolini olgan edi. Forvard ushbu bahsda xet-trik qayd etdi.

Nayyanning so'zlariga ko'ra, u "Betis" hamda "Barselona" o'yinini tomosha qilgan, ammo ushbu vaziyatga e'tibor qaratmagan ekan.

"Mening yagona suratim kaminaga katta shuhrat keltirganidan xursandman. Uni ispan, Argentina, hind OAV hammaga namoyish etishdi. "Barselona" futbolkasi juda yorqin, Messi ajralib turishi uchun raqiblarni oq-yashil formada chizganman. Aynan "Betis" haqida o'ylaganim yo'q. "Barselona" muxlisiman. Ronaldu va Xaviga atab suratlar chizmoqchi bo'lganman, ammo Messi suratidan so'ng boshqa ishlarimni yakunlay olmadim" - deydi Nayyan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plaantik