Messi golini Maradonaga bag'ishladi va buni “Nyuells Old Boyz” formasida amalga oshirdi

Eldor Akmurzayev
29 noya 2020, 20:25
La Liga 11-turi doirasida “Barselona” o'z maydonida “Osasuna” ustidan ishonchli va chiroyli g'alabaga (4:0) erishdi.

Uchrashuvdagi gollardan birini o'z hisobiga kataloniyaliklar sardori Lionel Messi yozdirdi. Messi o'z golini 25 noyabr kuni hayotdan ko'z yumgan DiEgo Maradonaga bag'ishladi va buni “Barsa” formasini echib, uning ostidan kiygan “Nyuells Old Boyz” libosida amalga oshirdi.

Leo “Nyuells Old Boyz” akademiyasida tahsil olgan. Maradona esa 1993 yil ushbu jamoa sharafini himoya etgandi.

Ma'lumot o'rnida, Messi va Diego 2008-2010 yillarda Argentina terma jamoasida birga ishlashgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru