Messi: "Yevropada faqat "Barselona"da o'ynayman"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2016, 17:12
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining takidlashicha, u o'zini Yevropaning boshqa klubida ko'rayotgani yo'q.

"Barselona" mening uyimligi haqida doimo gapirib kelganman va faoliyatimni shu yerda yakunlamoqchiman, ammo bu gaplarni aytayotganimda Yevropani nazarda tutganman. Yevropaning boshqa hech bir klubida o'ynamayman, ammo kelajakda Argentinaga qaytish niyatim bor, chunki o'smirligimda vatanimni tark etgan edim. Argentina futboli atmosferasidan bahramand bo'lmoqchiman. Futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin, ammo men "Barselona"da qolmoqchiman" - deydi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football