Messi "El-Klassiko"da ishtirok etadimi? Leo tonggi mashg'ulotda ko'rinmadi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2019, 18:15
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoaning tonggi mashg'ulotida qatnashmadi va uning "Real"ga qarshi bahsda ishtirok etishi hali ham so'roq ostida.

Argentinalik futbolchi "Valensiya"ga qarshi Ispaniya chempionati o'yinida (2:2) jarohat olgan edi. Kataloniya klubining fransiyalik hujumchisi Usmon Dembele esa umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.

"Barselona" Ispaniya Kubogining yarim finalida "Real"ga qarshi 2ta uchrashuv o'tkazadi. Birinchi o'yin 6 fevral kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es