Messi chempionatlarda 500ta gol urdi: La Ligada 474ta, Liga 1da 22ta va MLSda 4ta

Alisher
3 mar 2024, 14:55
Lionel Messi chempionat o'yinlarida 500ta gol urdi.

"Inter Mayami" hujumchisi MLS 3-tur doirasidagi "Orlando Siti" (5:0)ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Messining Amerika klubiga o'tganidan keyingi gollar soni 14taga etdi.

Endilikda uning faoliyatida chempionatlarda urilgan gollar soni 500taga etdi: La Ligada 474ta, Liga 1da 22ta va MLSda 4ta.

Messi klublar miqyosida 718ta gol urgan. U faoliyati davomida 824ta to'p kiritgan.

36 yoshli hujumchi MLS to'purarlar poygasida 3ta gol bilan yetakchilik qilmoqda (Kristian Benteke bilan).

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/mvsrapp