Messi Braziliya va Urugvayga qarshi bahslarda maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
17 mar 2025
Lionel Messi Argentina terma jamoasining bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Argentina jamoasi JCH-2026 saralash doirasida Urugvay va Braziliyaga qarshi uchrashuvlar o'tkazadi.

"Inter Mayami" hujumchisi, u avvaldan dastlabki tarkibga kiritilgan bo'lsa-da, jarohat sababli o'yinlarda ishtirok etmaydi.


Argentina terma jamoasi tarkibi quyidagicha:


Darvozabonlar: Emiliano Martines ("Aston Villa"), Xeronimo Ruli ("Marsel"), Valter Benites (PSV).


Himoyachilar: Nauel Molina ("Atletiko"), Xuan Foyt ("Vilyarreal"), Kristian Romero ("Tottenxem"), Xerman Pesselya ("River Pleyt"), Leonardo Balerdi ("Marsel"), Nikolas Otamendi ("Benfika"), Fakundo Medina ("Lans"), Nikolas Talyafiko ("Lion").


Yarim himoyachilar: Leandro Paredes ("Roma"), Enco Fernandes ("Chelsi"), Rodrigo De Pol ("Atletiko"), Eksekiel Palasios ("Bayer"), Aleksis Mak Allister ("Liverpul"), Maksimo Perrone ("Komo"), Benxamin Dominges ("Bolonya"), Tyago Almada ("Lion").


Hujumchilar: Nikolas Gonsales ("Yuventus"), Anxel Korrea ("Atletiko"), Niko Pas ("Komo"), Xulian Alvares ("Atletiko"), Santyago Kastro ("Bolonya"), Lautaro Martines ("Inter").


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Argentina