Messi: "Barselona" 2015 yildagi natijani yaxshilashi qiyin bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
31 dek 2015, 10:31
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi o'z jamoasining 2015 yildagi muvaffaqiyatlaridan juda xursand.

Luis Enrike shogirdlari yakunlanayotgan yilda (2015) katta muvaffaqiyatlarga erishdi, argentinalik futbolchi esa ushbu natijalarni nafaqat takrorlash, balki ularni yaxshilashni niyat qilgan.

"2016 yilda natijalarni yaxshilash qiyin bo'ladi, ammo biz harakat qilib ko'ramiz. Jamoamiz futbolchilari g'alabalarga tashna" - deydi Messi.

Kataloniya klubi 2015 yilda Ispaniya Kubogi, mamlakat chempionati, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca