Messi barcha jamoadoshlariga Beats by Dre quloqchinlarini sovg'a qildi

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2023
Lionel Messi barcha jamoadoshlariga sovg'a ulashdi.

"Inter Mayami" hamda "Atlanta" o'rtasidagi (4:0) bahsdan so'ng klub hujumchisi Deandre Yedlinda Beats by Dre quloqchinlarini ko'rib qolishgan. Quloqchin "Inter Mayami" ranglarida edi.

Bunday quloqchinlarni qayerdan olish mumkinligi haqidagi savolga Yedlin quyidagicha javob berdi: "Messidan so'rang. Messi bergan menga. U sotib olganmi, yo'qmi, bilmayman, ammo o'zining birinchi o'yini sharafiga hammamizga quloqchin sovg'a qildi".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal