Messi: "Argentina terma jamoasi hali ko'p narsaga erishadi"

Tolibjon Qosimov
5 sen 2014, 15:11
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi, uning jamoasi kelajakda yutuqlarga erishishiga ishonchi komil.
"Barselona" futbolchisi milliy terma jamoani o'rtoqlik uchrashuvida nemislarni mag'lubiyatga uchratgani munosabati bilan jamoadoshlarini tabrikladi. Eslatib o'tamiz, Xerardo Martino shogirdlari 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Biz terma jamoa safida hali ko'p narsaga erishamiz. Futbolchilarimizni Germaniya terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba bilan tabriklayman" - deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Martino va yarim himoyachi Xaver Maskerano, Messi terma jamoaga borini berishini takidlab uni himoya qilishgan edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com