

Ushbu reytingni “Barselona” forvardi Lionel Messi boshqarib bormoqda. Uning daromadi 126 million dollarga baholanmoqda. Keyingi pog'onada “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bormoqda. U 2020 yilda 117 million evro ishlab topgan. Kuchli uchlikka PSJning braziliyalik legioneri Neymar yakun yasagan (96 million dollar).
To'liq reyting quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Lionel Messi (Barselona, $ 126 mln)
2. Krishtianu Ronaldu (Yuventus, $ 117 mln)
3. Neymar (PSJ, $ 96 mln)
4. Kilian Mbappe (PSJ, $ 42 mln)
5. Muhammad Saloh (Liverpul, $ 37 mln)
6. Pol Pogba (Manchester Yunayted, $ 34 mln)
7. Antuan Grizmann (Barselona, $ 33 mln)
8. Garet Beyl (Real, $ 29 mln)
9. Robert Levandovskiy (Bavariya, $ 28 mln)
10. David De Xea (Manchester Yunayted, $ 27 mln).



