

Belgiyalik hujumchi Dris Mertens ushbu o'yinda dubl qayd etdi. 33 yoshli futbolchi uchun bu neapolliklar safida A Seriyadagi 99-100-gollar bo'ldi.
Dris "Napoli" tarixida ushbu natijaga erishgan uchinchi o'yinchi bo'ldi. Bunga qadar Marek Gamshik va Antonio Voyyak ham bunday natijaga erishishgan.
Futbolchi 2013 yilning yozidan beri Italiya klubi sharafini himoya qiladi. Dris joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assist qayd etdi.


