Merson: "APLda endi "Liverpul"dan qo'rqishmaydi"

Sherzod Nurmatov
1 noya 2022, 17:40
"Arsenal" sobiq futbolchisi Pol Merson "Liverpul"ning joriy mavsumdagi natijalari haqida gapirdi.


"Menimcha, raqiblar endi "Liverpul"dan qo'rqmaydilar. Ular qo'rquv omilini yo'qotishdi, jamoa mavsumni omadsiz o'tkazmoqda. O'ylashimcha, klubdagilar ham buni tushunib turishibdi. Ularda katta tajriba bor. Ularning Premer-ligadagi hozirgi natijalarini oqlab bo'lmaydi", – dedi ekspert.

Angliya Premer-ligasi 14-turi yakunlariga ko'ra, Yurgen Klopp shogirdlari 16 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 9-o'rinda borishyapti. "Qizillar" chempionatdagi navbatdagi o'yinini "Tottenxem"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports