Menyan, Uoker, Saliba, Musiala va 6 ispan - Evro-2024 ramziy terma jamoasi

Omonjon To`xtamirzayev
16 iyul 2024, 19:22
UEFA Evro-2024 yakunlariga ko'ra musobaqa ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Berlin shahri mezbonlik qilgan musobaqa finalida Luis de la Fuente boshchiliigidagi Ispaniya Angliyani (2:1) mag'lubiyatga uchratdi.

Musobaqa ramziy terma jamoasi UEFAning har bir uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilgan maxsus tadqiqotchilari tomonidan tuzilgan. U yoki bu futbolchining ramziy jamoaga kiritilishida uning individual sifatlari va ularning terma jamoasi o'yiniga ta’siri inobatga olingan.


Darvozabon: Mayk Menyan (Fransiya);

Himoyachilar: Kayl Uoker (Angliya), Vilyam Saliba (Fransiya), Manuel Akanji (Shveytsariya), Mark Kukurelya (Ispaniya);

Yarim himoyachilar: Rodri, Dani Olmo, Fabian Ruis (hammasi Ispaniya);

Hujumchilar: Jamal Musiala (Germaniya), Niko Uilyams, Lamin Yamal (har ikkisi Ispaniya).

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia