Menyan qachon "Milan" tarkibiga qaytishiga oydinlik kiritildi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2023, 13:01
"Milan" darvozaboni Mayk Menyan 4 mart kuni A Seriya doirasidagi "Fiorentina"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibga qaytadi.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, darvozabon o'tgan yilning oktyabr oyidan beri turli jarohatlar tufayli maydonga tushmagandi. Menyan jarohati tufayli Fransiya terma jamoasi bilan JCH-2022 uchun Qatarga bormadi.

27 yoshli posbon joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 ta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport