Mendesh: "MYU - Ronaldu uchun ideal variant"

Mirjalol Normatov
1 apr 2021, 22:14
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozini "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga olib o'tgani haqida gapirdi.

"Men uchun doimo transferlarda murabbiylarning fikri doimo muhim bo'lgan.

Krishtianu Ronaldu - bu borada ideal javob. Barcha klublar uni sotib olishni istadi. Ammo menga ser Aleks Fergyusonning holati yoqqandi. O'sha vaqtda uni "Manchester Yunayted"ga olib o'tish eng ideal qaror bo'lgandi.

Men uchun doimo MYU Ronaldu uchun ideal varian bo'lib qoladi", - dedi Mendesh.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal