Mehribonlik uylari o'rtasidagi JCH. O'zbekiston guruhdan chiqdi!

Narzulla Saydullayev
12 may 2018, 15:00
10 may kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylari o'rtasida Jahon chempionati start oldi.

Ushbu turnirda tarixda birinchi marotaba O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Mundialda 14-17 yoshdagi futbolchilar ishtirok etishmoqda.  

O'zbekiston terma jamoasi qur'aga ko'ra Rossiya va Pokiston terma jamoalari bilan birga "A" guruhidan joy olgandi. Hamyurtlarimiz Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o'ynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag'lub etib guruhdan chiqishga muvaffaq bo'lishdi. 

O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi ertaga ma'lum bo'ladi. Bu yoki Belarus, yoki Misr terma jamoasi bo'ladi.




Terma jamoa a'zolari:
Darvozabon:
Islamov Sergey  

O'yinchilar
Shaplov Danil  
Ochilov Joxongir
Ergashboev Toir

Yarim himoyachi
Kotov Ruslan  
Karaxanyan Ruslan
Esenbaev Aziz  
Shamshilov Edgar

Hujumchi
Son Salim

Bosh murabbiy: Asadov Jamshid


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia