

Ushbu turnirda tarixda birinchi marotaba O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Mundialda 14-17 yoshdagi futbolchilar ishtirok etishmoqda.
O'zbekiston terma jamoasi qur'aga ko'ra Rossiya va Pokiston terma jamoalari bilan birga "A" guruhidan joy olgandi. Hamyurtlarimiz Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o'ynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag'lub etib guruhdan chiqishga muvaffaq bo'lishdi.
O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi ertaga ma'lum bo'ladi. Bu yoki Belarus, yoki Misr terma jamoasi bo'ladi.

Terma jamoa a'zolari:
Darvozabon:
Islamov Sergey
O'yinchilar
Shaplov Danil
Ochilov Joxongir
Ergashboev Toir
Yarim himoyachi
Kotov Ruslan
Karaxanyan Ruslan
Esenbaev Aziz
Shamshilov Edgar
Hujumchi
Son Salim
Bosh murabbiy: Asadov Jamshid




