

"Bu APLning bezagi bo'la oladigan haqiqiy o'yin bo'ldi. Ikki sifatli jamoa g'alaba uchun kurashishdi. So'nggi paytlarda "Arsenal" borasida ko'pchilik gapirayotgandi. Ularning kuchli tomonlarini chamalab olganimizdan so'ng, o'yin oson o'tmasligini bildik. O'yinning yakuniy natijasi esa mavsumni qanday o'tkazayotganligimizni ko'rsatdi.
Chempionlik uchun kurash? Keling, oldinga yugurib qadam tashlamaymiz. Boshdan baland sakrab bo'lmaydi. "Liverpul" va "Manchester Siti" - ular eng yaxshi jamoalar. Ularning o'yinlarini divanga yotgan holda tomosha qilaman. Ko'ramiz, nima bo'larkin.
Ammo nima bo'lgan taqdirda ham biz ishlashda va yaxshi natijalar qayd etishda davom etamiz", - dedi Meddison.



