Mbappe yana bir bor YCHL tarixidan o'rin oldi

23 okt 2019, 08:15
PSJ YCHL 3-turida “Bryugge” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi.

Shu gollardan 3 tasi 20 yoshli Kilian Mbappe hisobiga yozildi. Mbappe 52-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilib, 61-, 79-, hamda 83-daqiqalada gol urib, xet-trikka erishdi.

Natijada Mbappe evrokuboklarda xet-trikka erishgan eng yosh franciyalik futbolchi bo'ldi.

Bundan tashqari Kilian zaxiradan o'yinga qo'shilib, het-trik qayd etgan YCHL tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenot Live