Mbappe Tuxeldan norozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
8 dek 2019, 12:44
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 17-turida "Monpele"ga qarshi o'yin vaqtida o'zgartirilganidan norozi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvi 3:1 hisobida parijliklar foydasiga yakunlandi.

PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel 90-daqiqaga kelganida Mbappeni almashtirishni istadi. Maydonni tark etish chog'ida Kilian unga gapirayotgan bo'lishiga qaramay, bosh murabbiyi tomon qaramadi va noroziligini bildirdi.

Mbappe ketma-ket ikkinchi bora shu tariqa noroziligini bildirmoqda. Oldingi turda Mbappe 78-daqiqala Mauro Ikardiga almashtirilganida ham shunday norozilik bo'lgandi.

PSJ ayni damda Fransiya chempionatining turnir jadvalida 39 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin taqibchi "Marsel" esa 8 ochkoga ortda qoldirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal