Mbappe "Real"da qaysi raqamni oladi?

Tolibjon Qosimov
21 fev 2024, 13:11
Kilian Mbappe yozda "Real"ga ko'chib o'tishi oydinlashib bo'ldi.

Forvard madridliklar safida 10-raqamni olishi mumkin.

U PSJ tarkibida 7-raqamda o'ynaydi, lekin "Real"da bu raqam band. Unda Eden Azar ketganidan keyin Vinisius Junior harakat qilmoqda.

Karim Benzema ketganidan keyin 9-raqam bo'sh turibdi. Ko'pchilik Karimning raqamini 2024 yilning yozida (18 yoshga to'lganidan keyin) "Real" tarkibiga kelib qo'shiladigan hujumchi Endrik olishini aytmoqda.

Mbappe esa katta ehtimol bilan 10-raqamni oladi. Sababi, bu raqam Luka Modrich yozda jamoani tark etganidan so'ng bo'shab qoladi. Xorvatiyalik yarim himoyachi 2017/2018 yilgi mavsumdan beri shu raqamda to'p tepib kelmoqda.


Kilian bir paytlar "Monako"da ayni shu raqamda o'ynagan, Fransiya terma jamoasida ham 10-raqam uniki.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com