Mbappe "Real" va PSJni solishtirdi

Mirjalol Normatov
1 noya 2025, 14:33
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe hozirgi va sobiq klubini solishtirdi.

- "Real" va PSJ o'rtasidagi eng katta farq nimada?

- Ikki xil tarixga ega ikki xil klub. PSJ hali yosh, "Real" esa katta merosga ega boy tarixi bor. Madaniyat ham boshqacha. "Real" dunyoning eng zo'r klubi ekanligiga shubha yo'q, PSJ ham eng yaxshi klublardan biri. Klublarning futbolga qarashi boshqacha. Nima bo'lganda ham huddi PSJda bo'lganimdek, "Real"ning ham bir qismi ekanligimdan fahrlanaman, - dedi Mbappe.

26 yoshli futbolchi 2024 yil yozida PSJdan Madrid klubiga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca