Mbappe PSJning mavsumoldi yig'ini uchun qaydnomadan chiqarib yuborildi

Omonjon To`xtamirzayev
22 iyul 2023, 10:21
Hujumchi Kilian Mbappe parijliklarning Yaponiya turnesiga bormaydigan bo'ldi.

Klubning ogohlantirishlariga qaramay, Mbappe shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va fikrini o'zgartirmoqchi emas. Shu sababli jamoa rahbariyati ham "jaxl oti"ga mingan. Futbolchi PSJning Yaponiyaga boradigan tarkibidan chiqarib tashlandi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Fransiya chempionatining 34 uchrashuvida Mbappe 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma etkazib berdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: theathletic.com