Mbappe “Liverpul”ga o'tishga tayyor

28 yanv 2020, 00:04
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubini tark etib, “Liverpul”ga o'tishga tayyor.

Manbaning fransiyalik jurnalist Jyulen Loransga tayanib xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi mavsum yakuniga etgach o'zi uchun yangi chaqiriqlarni ko'rib chiqishga tayyor. U Yurgen Klopp jamoasiga o'tish variantlarini ko'rib chiqishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, PSJ rahbariyatining  futbolchi bilan xayrlashish rejasi yo'q. Agar “Liverpul” Mbappeni o'z safiga qo'shib olishni istasa, futbolchining tovon puli 253 million evroni PSJ hisobiga o'tkazib berishiga to'g'ri keladi.

Futbolchining o'zi ilgariroq joriy mavsum “Liverpul” ko'rsatayotgan o'yindan zavq olayotgani haqida gapirib o'tgandi.

Joriy mavsumd Mbappe PSJ safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun