Mbappe jarohati haqida gapirdi

6 sen 2020, 08:55
Fransiya terma jamoasining 21 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe Millatlar ligasi musobaqasida Shvetsiyaga qarshi (1:0) kechgan bellashuvda jarohat oldi.

 PSJ hujumchisi kiritgan yagona gol o'yin taqdirini hal qilgan bellashuvdan keyin futbolchi uchrashuvda olgan jarohati haqida gapirib berdi.

“Jarohatim u darajada xavotirli emas.  Shu sabab tez orada barchasi joyiga tushib, safga qaytaman. Xorvatiyaga qarshi bahsga biz jiddiy hozirlik ko'rib, o'zimizning eng yaxshi o'yinimini ko'rsata olishimiz kerak. Ishlashda davom etamiz, Maydonga tushish yoki tushmasligimni murabbiy hal qiladi.

Shvetsiyaga qarshi bahs oson kechgani yo'q. Biz jiddiy kurash olib bordik. Bir qator epizodlardan kelib chiqib, to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak. Yangi sxemada yanada yaxshiroq o'ynashimiz kerakligi ko'rinib turdi. Albatta hozir eng muhimi g'alaba. Guruh bahslarini yaxshi boshlab oldik”, deya Mbappening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal