Mbappe YCHL finaliga qanday tayyorgarlik ko'rganini aytdi

Mirjalol Normatov
23 avg 2020
PSJ forvardi Kilian Mbappe "Bavariya"ga qarshi o'tadigan YCHL finaliga qanday tayyorgarlik ko'rganini aytdi.

"Hozircha bu borada o'rnak olsa bo'ladigan futbolchi emasman. Chunki hayotimda birinchi marta shunday finalda o'ynayman. Quvnayapman, filmlar ko'ryapman, do'stlarim bilan muloqotdaman. Ertaga ham shunday bo'ladi. Har doimgidek oddiy kunni o'tkazib, o'yinga yo'l olamiz. Asosiy tayyorgarlik bosqichi boshlanmoqda. Biroz bo'shashib, ko'p narsalarni o'ylab olish kerak. Barchamiz ushbu chaqiruvni qabul qilishimiz va qiyinchiliklarni jamoaviy tarzda engib o'tishimiz kerak. Bir-birimizning o'rnimizni yopish orqali ko'p narsaga erishamiz", - dedi Mbappe.

PSJ va "Bavariya" jamoalari ishtirokidagi final uchrashuvi bugun tunda bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal