Mbappe Chempionlar ligasining favoriti haqida gapirdi

Iskandarov Abdulaziz
7 sen 2025, 16:55
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumdagi Chempionlar ligasining favoriti kimligini aytdi.

"Men har doim "Real"ni aytaman. Yevropada ko'p yaxshi jamoalar bor, biz buni o'tgan yili yangi format orqali ko'rdik. Bu yil esa yanada yaxshiroq bo'ladi", - deydi Mbappe.

O'tgan mavsumda "Real" Chempionlar ligasi chorak finaligacha yetib borgan edi. Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi esa francuz klubi - PSJ hisoblanadi. Luis Enrike shogirdlari finalda Milanning "Inter" jamoasini yirik 5:0 hisobi bilan mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Bild