May. “Metallurg” ustozining fikricha bu oyda “paxtakorchilar” eng yaxshi bo'lgan

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2018, 18:36
PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.

“Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov “Paxtakor” vakillari bo'lgan Tiago Bezerra, Eldor Suyunov hamda Shota Arveladzeni eng yaxshilar sifatida tan oldi. Jamoa sardori Abror Xusinov esa jamoadoshi Zohid Abdullaevdan ko'z yuma olmadi. Shuningdek, darvozabonlardan Botirali Ergashevni yaxshiroq deb bildi.

 Golga kelganda esa har ikki ovoz beruvchi “Metallurg” vakili Muhammad Isaevni qo'llashga harakat qilishdi. Futbolchining “Lokomotiv” darvozasiga urgan goli axir jamoaga sensacion g'alabalardan birini taqdim etgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz