"Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
- Biz juda yaxshi o'yin o'tkazdik. Ikkinchi bo'lim ayniqsa ajoyib chiqdi. Biz chempionlik poygasiga qaytdik. Shunday davom ettirish biz uchun chorlov, - deydi Pochettino BBC nashriga.