Maurisio Pochettino: Chempionlik uchun kurasha olishimizni isbotladik

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2017, 08:35
Tottenxem ustozi Maurisio Pochettino Chelsi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Peshqadamlar bilan ochkolar farqini qisqartirib muhim g'alabaga erishdik. Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik, shu bois g'alaba juda ham g'aroyib bo'ldi.

Xarakter va o'z kuchimizni ko'rsatganimizdan xursandman. Oldinga qadam tashladik, shunday davom etish kerak. Futbolda o'ziga ishonish eng muhimi.

Bugun chempionlik uchun kurasha olishimizni isbotladik. Chelsi hamon juda yaxshi holatda, ammo ularga yetib olishga urinamiz, – deydi Pochettino.

20ta turdan so'ng Tottenxem 3-o'rinda bormoqda. Peshqadam Chelsi bilan farq 7 ochko.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com