Matyuidi “Monako”ga o'tishdan bosh tortdi

Blez Turinda qolishni xohladi.

“Yuventus” yarim himoyachisi Blez Matyuidi jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining rejalariga kirmasa ham klubda qolishni istamoqda. Turinliklar futbolchini “Monako”ga sotishni istagandi, ammo Matyuidi buni xohlamagan. Blezning “Yuve” bilan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar tuzilgan. “Yuventus” futbolchining transferidan 25 mln evro ishlab olishni ko'zlagandi.



Manba: La Gazetta dello Sport