Maskerano termaga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019, 10:59
"Xebey Chayna Forchun" jamoasi futbolchisi Xaver Maskerano Argentina termasiga qaytishi mumkin.

"Sport.es" nashri xabariga ko'ra, "Barselona"ning sobiq futbolchisi mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia bilan uchrashgan. 35 yoshli futbolchi Lionel Skalonining Panamerika o'yinlariga bo'lgan ro'yxatiga kiritilishi mumkin. Ushbu musobaqaga har bir terma jamoa 23 yoshdan katta bo'lgan 3 futbolchini olib borishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport.es