"Mashal"ni qiynayotgan muammolar nazoratga olinadi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2020, 12:40
Muborak tumaniga tayinlangan yangi hokim Ulug'bek Ernazarov kuni kecha tumandagi Bahrom Vafoev nomidagi stadionni borib ko'rdi.

Bu yosh hokimning stadionga ilk tashrifi hisoblanadi. Ulug'bek Ernazarov stadionda futbolchilar va jurnalistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqar ekan klubda yig'ilib qolgan muammolarni o'z nazoratiga oishini ma'lum qildi.

Shundan so'ng tuman rahbari "gazchilar"ning uy muzeyida futbolchilar bilan yuzma-yuz uchrashuv o'tkazgan.

Tuman hokimi futbolchilarga o'zi ham futbolga qiziqishini aytib, Pro Ligadan Super Ligaga qaytgan klubni to'liq qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

"Mashal"ning g'alabasi bizniki uning mag'lubiyati ham o'zimizniki bo'ladi. Klubimizning hech bir bahsini o'tkazib yubormayman. Hokim "Mashal" bilan birga"- deydi Muborak tumani hokimi.

Ma'lumot uchun, bo'lib o'tgan uchta turdan so'ng Muborak klubi 4 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog'onasida bormoqda.

"Mashal" ertaga Termizda "Surxon" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia