“Mashal” Yangiyerda yig'ildi va navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2013, 09:04
O'z maydonida “Qo'qon-1912” bilan kechgan bahsdan so'ng “Mashal” futbolchilariga uch kunlik dam berilgandi.
O'z maydonida “Qo'qon-1912” bilan kechgan bahsdan so'ng “Mashal” futbolchilariga uch kunlik dam berilgandi. 18 sentyabr kuni jamoa a'zolari Yangiyerda to'planishdi va safarda bo'ladigan ikki o'yinga tayyorgarlikni boshlashdi.

Ma'lumki, “Mashal” birinchi liganing navbatdagi ikki turini safarda o'tkazadi. Muborakliklar dastlab 23 sentyabr kuni “Qo'qon-1912” mehmoni bo'lishsa, 26 sentyabrda “Andijon”ga qarshi to'p surishadi. Biz har ikkala uchrashuvda ham futbolchilarga omad tilab qolamiz. Eslatib o'tamiz, “gazchilar” vodiy tomon 22 sentyabr kuni yo'lga chiqishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz