"Mashal" tarbiyalanuvchilari "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" turniri g'olibi

3 iyun 2015, 08:50
1 iyun kuni Muborakda "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan turnir tashkil etildi.
2003-2004 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida o'tkazilgan mazkur turnir yakuniga etdi. Unda "Mashal-2003", "Buxoro", "Navoiy" va "Mashal-2004" jamoalari ishtirok etdi.

To'rt jamoa o'zaro guruh doirasida maydonga chiqishdi.

"Mashal-2004" - "Navoiy" 1:1
"Mashal-2003" - "Buxoro" 2:2
"Buxoro" - "Mashal-2004" 2:1
"Navoiy" - "Mashal-2003" 1:3
"Buxoro" - "Navoiy" 5:1
"Mashal-2004" - "Mashal-2003" 1:5

Guruh yakuniga ko'ra:

1. "Mashal-2003" 7 ochko
2. "Buxoro" 7 ochko
3. "Mashal-2004" 1 ochko
4. "Navoiy" 1 ochko

Final bahsida "Mashal-2003" va "Buxoro" maydonga chiqdi. 1:1 hisobida yakuniga etgan bahsdan so'ng penaltilar seriyasida mezbonlarning qo'li baland keldi va bosh sovrinni o'zlariga olib qoldi.

Turnir yakunida ishtirokchilar "Mashal" klubi tomonidan estalik sovg'alar va faxriy yorlig'lar bilan taqdirlandi.


Manba: fcmashal.uz