“Mashal” Rustam A'zamov bilan xayrlashdi

30 noya 2013, 22:16
Kelasi yil oliy ligada ishtirok etadigan “Mashal” hozirdan selekciya jarayoniga katta e'tibor qaratmoqda.
Tarkibni kuchaytirish uchun elitaning boshqa klublarida to'p tepayotgan futbolchilar bilan muzokaralar o'tkazilmoqda.

Ammo ularning aynan kimligi hozircha sir tutilmoqda.

Bu yil birinchi ligada jamoa sharafini himoya qilgan qo'qonlik yarim himoyachi Rustam A'zamov jamoa bilan xayrlashdi.

Sababi murabbiylar shtabi keyingi mavsumda uning xizmatidan foydalanishni lozim topmadi.

Shuning uchun 28 yoshli A'zamov endi o'ziga yangi jamoa topadigan bo'ldi.

Manba: championat.asia